<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Rabbim qaytib kelar</title>
<lyrics>[V1]
 Baʼzan gʻamlar koʻnglimiz ezar
 Goh tashvishdan qalbimiz bezar
 Lekin ishon yuragim sezar
 Rabbim qaytib kelar

[V2]
 Yashaymiz eng baxtiyor boʻlib
 Xavas qilar oʻzgalar koʻrib
 Eslaganda qoʻyamiz kulib
 Rabbim qaytib kelar

[C1]
   // Mukofotsiz qolmas sabrimiz
   Oldindadur hali davrimiz
   Osmon qadar yetib qaddimiz
   Rabbim qaytib kelar //

[V3]
 Peshonada borin koʻrguncha
 Goh quvnadik goh koʻngil parcha
 Kuzatmoqda bizlarni barcha
 Rabbim qaytib kelar

[V4]
 Yengilmaymiz jafolar bilan
 Biz birgamiz vafolar bilan
 Hokimiyatda bulutlar uzra
 Rabbim qaytib kelar</lyrics>
<author>Ulugʻbek Joʻrayev</author>
</song>